TOShKENT, 21 yanv — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev hududlar rivoji, aholi hayoti bilan yaqindan tanishish maqsadida Buxoro viloyatiga jo‘nab ketdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Safar davomida agrosanoat, to‘qimachilik, axborot texnologiyalari, tibbiyot sohalaridagi korxonalar, shahar va tumanlardagi bunyodkorlik ishlarini ko‘zdan kechirish rejalashtirilgan.