Shavkat Mirziyoyev AQShning yangi prezidentini tabrikladi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev AQShning yangi saylangan prezidenti Jozef Baydenga tabrik yo‘lladi.
Sputnik
TOShKENT, 21 yanv — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev AQShning yangi saylangan prezidenti Jozef Baydenga tabrik yo‘lladi.
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Jozef Baydenga uning davlat rahbari lavozimiga kirishgani munosabati bilan tabrik yo‘lladi”, - deyilgan davlat rahbari xabarida.
Kongress Jo Baydenning AQSh prezidenti etib saylanganligini tasdiqladi
2020 yil noyabrida bo‘lib o‘tgan AQSh prezidenti saylovlarida Jo Bayden g‘alaba qozongan edi. 2021-yil 20-yanvar kuni u qasamod qildi va AQSh prezidenti lavozimini bajarishga kirishdi. 78 yoshda bo‘lgan demokrat Bayden AQShning qirq oltinchi va saylangan eng yoshi katta prezident bo‘ldi.