TOShKENT, 21 yanv — Sputnik. Moskvada xorijiy ishchi kuchiga talab ortib bormoqda. Shu munosabat bilan, Rossiya tomoni O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolarini qurilish obyektlariga jalb qilish bo‘yicha ish boshlagan. Bu haqda Rossiya ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Aleksandr Gorovoy ma’lum qildi.
“Muammolar bor edi, endi esa ular cheklovlar bekor qilingani bilan yanada jiddiyroq tus oldi, xorijiy ishchi kuchi tanqisligi. Bugungi kunda biz qurilish obyektlari va uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasiga O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolarini tashkillashtirilgan holda ishga jalb qilish bo‘yicha poytaxt hukumatining tegishli idoralari bilan ishlamoqdamiz”, - dedi Gorovoy. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, shu bilan birga mehnat migrantlarining joylashuvi va COVID-19 bo‘yicha cheklovlarga rioya qilinishini nazorat qilish darkor.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya prezidenti Vladimir Putin hukumat oldiga Rossiya hududidagi qurilish-montaj ishlariga mehnat migrantlarini soddalashtirgan holda jalb qilish masalasini ko‘rib chiqish vazifasini qo‘ygan edi. Vazirlar mahkamasi bu topshiriqni joriy yil 1-martiga qadar bajarishi kerak.