Ona ohu besh soat davomida yaralangan bolasini qoplon va to‘ng‘izdan himoya qildi - video

Ohu yaralangan bolasidan bir qadam ham uzoqlashmadi, ammo kichkintoy joyidan qo‘zg‘ala olmasdi. Oson o‘lja bahaybat qanotli mahluq - grifni, qoplonni va to‘ng‘izni o‘ziga jalb qildi
Sputnik
National Geograhic nashrining yozishicha, video 24 yashar Nadav Ossendriver tomonidan Kruger milliy bog‘ida (JAR) suratga olingan. Yosh yigit do‘stlari bilan birgalikda shoqolsimon itlarni tomosha qilish uchun u yerga borgan va reynjer unga, shu yaqin atrofda gnu antilopasining yaralangan bolasi yotganini, onasi uning yonidan bir qadam ham uzoqlashmayotganini aytib qolgan.
Yaralangan ohu bolasi tepasida bahaybat qanotli mahluq - griflar aylana boshlagan va tez orada qoplon ham ko‘rinish bergan. Ona ohu yirtqichdan bir amallab qutulishga muvaffaq bo‘lgan, ammo sal keyin ohular to‘dasi paydo bo‘lib, yaradorga yordam bermoqchi bo‘lganday ular atrofida aylangan.
Gnular to‘dasi ketgach, yovvoyi to‘ng‘izlar va ularning bolalari paydo bo‘lgan.
Ohu ularni haydashga uringan, ammo to‘ng‘izlardan biri ohu bolasini qattiqroq jarohatlagan va shundan so‘ng yovvoyi cho‘chqalar uni tishlashga uringanlar.
To‘ng‘izlar oilasi ketgach, ohu o‘z bolasini qaytib kelgan qoplondan himoyalash uchun qolgan. Ammo yirtqich oxir-oqibat o‘z maqsadiga erishgan. Qarama-qarshilik besh soatcha davom etgan.