Transport qatnovini qayta tiklash bo‘yicha qarorlar milliy darajada qabul qilinadi, deya ta’kidladi Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi raisi o‘rinbosari Iya Malkina. YeIK o‘zi tomonidan qatnovlar tiklanishi bo‘yicha kriteriylarni taklif etmoqda, dedi u.
Xususan, Malkina so‘zlariga ko‘ra, YeIK xay’ati seshanba kuni fuqarolarni tashuvchi temir yo‘l qatnovida COVID-19 tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha metodologik tavsiyalarni taqdim etgan.
"Hujjatda poyezdlar va vokzallar, shu jumladan tashkiliy va profilaktik tadbirlar davomida ishlarni tashkil etish bo‘yicha takliflar o‘rin olgan. Bu qatnovlarni qayta tiklash uchun sharoitlar yaratishga yo‘naltirilgan birinchi qadamdir", - dedi Malkina brifingda.
Bundan tashqari, COVID-19 qarshi vaksinatsiyadan o‘tgan yo‘lovchilar uchun YeOII mamlakatlari orasida harakatlanish masalasini qayta ishlash bo‘yicha qaror qabul qilingan, deb hikoya qildi Iya Malkina.
Eslatib o‘tamiz, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi ishtirokchilari bo‘lgan davlatlar - bu Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘izistondir. O‘zbekiston, Moldova va Kuba - kuzatuvchi maqomiga ega.