TOShKENT, 21 yanv — Sputnik. G‘arb davlatlari orasida ommalashgan Rossiyaga qarshi sanksiyalar siyosati samarasiz bo‘lib chiqdi. Figaro gazetasi geosiyosatshunos va sharhlovchisi Reno Jirard bunday fikrga keldi.
Muallifning fikriga ko‘ra, uzoq vaqt davomida AQSh tashqi siyosatida ishlarning amaldagi holatida aniqlik va tushuncha yo‘q edi. Shuning uchun birinchi navbatda Bayden NATO ustavida aytilgan, ittifoqchi davlatga hujum sodir bo‘lgan taqdirda AQShning aralashuvini nazarda tutadigan 5-moddasiga sodiqligini e’lon qilishi kerak.
"Polsha va Boltiqbo‘yi davlatlari ishonch qozonishi bilanoq, Vashington Moskvaga qarshi sanksiyalar siyosati ish bermaganligini anglashga to‘g‘ri keladi", - dedi Jirard.
Jurnalist Rossiyada g‘arbparast rejim o‘rnatilishiga umid bog‘lamaslikka chaqirdi. U Vashingtonga Moskvani o‘z tomoniga tortib olishga imkon beradigan yagona usulni ko‘radi.
"Agar Bayden asta-sekin Rossiyani o‘z siyosati oqimiga yo‘naltirmoqchi bo‘lsa, unda bu faqat savdo va diplomatik murosaga kelish yo‘li bilan mumkin bo‘ladi", - deb hisoblaydi geosiyosatshunos.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya va AQSh radikal islomizmga qarshi birgalikda kurashda, shuningdek, qurolsizlanish masalalarida umumiy fikrga kelishi mumkin.