TOShKENT, 20 yanv — Sputnik. O‘zbekiston energetika vaziri Alisher Sultonov kutilayotgan sovuq ob-havo sharoitida aholini barqaror energiya va gaz bilan ta’minlash uchun barcha chora-tadbirlar amalga oshirilayotganini ma’lum qildi.
Ushbu haftaning oxiriga kelib, O‘zbekistonda sovuq ob-havoning yangi to‘lqini noldan past haroratgacha tushishi kutilmoqda.
“Biz vaziyatdan yaxshi xabardormiz, mummolarni yengillashtirish, uy-joylar va ish joylarining barqaror energiya va gaz bilan ta’minlashga erishish uchun barcha chora-tadbirlarni amalga oshirapmiz”, - dedi vazir AOKAdagi “Sovuq kunlarda aholini gaz, elektr energiyasi va ko‘mir bilan ta’minlashda kuzatilayotgan muammolar” mavzusiga bag‘ishlangan brifingda.
Amaldorning so‘zlariga ko‘ra, yanvar oyining so‘nggi o‘n kunligidagi iste’molchilarga 2 mlrd. 318,7 mln. kilovatt-soat elektr energiyasi, 1 milliard 163 million metr kub tabiiy gaz, 19 ming 210 tonna suyultirilgan gaz yetkazib beriladi.
“Hozirgi kunda ko‘mir omborlarida jami 156 ming 635 tonna ko‘mir va briket zaxirasi mavjud”, - deya qo‘shimcha qildi Sultonov.