TOShKENT, 20 yanv - Sputnik. Angren shahar prokuraturasi tomonidan Yangi-Angren issiqlik elektr stansiyasida yuz bergan portlash yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Sal oldin Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan Yangi-Angren issiqlik elektr stansiyasining profilaktika choralarini ko‘rish uchun to‘xtatilgan 5-energiya blokida chang-ko‘mirli havo aralashmasining chaqnashi sodir bo‘lganligi haqida rasmiy bayonot berilgan edi.
Aniqlik kiritilishicha, vafot etgan va jarohat olganlar 5-energiya blokida profilaktika ishlarini olib borayotgan xizmat ko‘rsatish xodimlari bo‘lgan.
Chaqnash natijasida kelib chiqqan yong‘in oqibatida 3 nafar ishchi voqea joyida vafot etgan, yana 3 nafari turli darajadagi kuyish tan jarohatlari bilan shifoxonaga murojaat qilishgan.
Rejali xizmat ko‘rsatish paytida sodir bo‘lgan hodisa natijasida uch kishi olingan jarohat sababli vafot etgan, yana uch kishi turli darajada kuyish tan jarohatini olgan.
Hodisa natijasida Yangi-Angren issiqlik elektr stansiyasining infratuzilmasi va texnologik uskunalariga shikast yetmagan.