TOShKENT, 20 yanv — Sputnik. Rospotrebnadzor dezinfeksiya instituti dezinseksiya muammolari laboratoriyasi boshlig‘i Svetlana Roslavseva Rossiyaga suvaraklar yopirilib kelishi haqida ogohlantirdi.
Mutaxassis ta’kidlashicha, bir yilda suvaraklar ko‘payishi - birinchisi fevral oyida, ikkinchisi - odatda yoz mavsumiga to‘g‘ri keladi.
“Chaqirilmagan mehmonlar” birinchi navbatda kvartiralarning oshxona va vannaxonada paydo bo‘ladi.
"Suvaraklar tuxum qo‘yishi uchun suvli joy kerak. Tuxumlarning o‘rtacha rivojlanish vaqti haroratga qarab 3 oyni tashkil qiladi", - deydi mutaxassis.
Rospotrebnadzor vakili zararkunandalarning xonadonga kirib qolishini oldini olish uchun ozodalikka rioya qilib, oshxona va vannaxonada ventilyatsiyaga to‘r tortish kerak deb maslahat berdi.
Agar suvaraklar uyga kirib qolgan bo‘lsa, maxsus yem tuzoqlar, dezinfeksiyalovchi vositalar yordamida yo‘q qilish kerak.