Tu-160 strategik raketa tashuvchi samolyot ekipaji Volga bo‘yi osmonida eng murakkab elementni bajarishdi.
Il-78 samolyotlari 6000 metrdan ortiq balandlikda, soatiga 600 kilometr tezlikda Tu-160 yoniga yaqinlashdi.
"Ushbu parvoz smenasi yangi 2021-yilda birinchi bo‘ldi, u jangovar tayyorgarlik rejasiga muvofiq amalga oshiriladi. Parvozga tajribali ekipaj a’zolari va yosh zobitlar jalb qilindi", - dedi aviatsiya gvardiya qo‘mondoni, general-mayor Oleg Pchela.
Mashqda 5ta Tu-160 va Il-78 samolyoti qatnashdi.