Melaniya Tramp Oq uyning 70-yillik an’anasini buzdi

Melaniya Tramp AQSh bo‘lajak birinchi xonimi Jil Baydenni Oq uy bo‘ylab ekskursiyaga taklif qilishdan bosh tortdi.
Sputnik
TOShKENT, 20 yanv — Sputnik. Melaniya Tramp AQSh bo‘lajak birinchi xonimi Jil Baydenni Oq uy bo‘ylab ekskursiyaga taklif qilishdan bosh tortib, 70-yillik an’anani buzdi. Bu haqda LADbible portali xabar qildi.
“Donald - jangchi”: Melaniya Tramp erini qo‘llab-quvvatladi
An’anaga ko‘ra, ketishdan avval birinchi xonim turmush o‘rtog‘i prezidentligining so‘nggi kunlarida 2-3 qavatlardagi xonalar bo‘ylab ekskursiya uyushtiradi. 70-yil davomida AQSh prezidentlari rafiqalari bo‘lajak birinchi xonimlar bilan choy ichib, ularga Oq uy "xo‘jaligi"ni topshiradilar. 4-yil oldin Melaniya o‘zi sobiq birinchi xonim Mishel Obama bilan choy bazmida mehmon bo‘lib, prezident qarorgohi bo‘ylab sayr qilgan.
Ta’kidlanishicha, Melaniya birinchi xonimning lavozimidan 47 foiz ma’qullash reytingi bilan tark etadi, bu avvalgi xonimlarga qaraganda ancha past.
Bu an’ana 1952-yilda prezident Garri Trumenning rafiqasi Bess Trumen Duayt Eyzenxauerning rafiqasi Memi Eyzenxauerni Oq uy bo‘ylab ekskursiyaga taklif qilishidan boshlangan.
AQShning yangi prezidentining inauguratsiyasi 20-yanvar kuni bo‘lib o‘tadi. Donald Tramp marosimda qatnashmasligini aytgandi. U inauguratsiyadan to‘rt soat oldin Vashingtonni tark etadi.