TOShKENT, 20 yanv - Sputnik. Xitoy TIV rasmiy vakili Xua Chunin AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeoni masxaraboz deya, uning Shinjon-Uyg‘ur muxtor mintaqasidagi uyg‘urlar genotsidiga tegishli bayonotini esa asr yolg‘oni deya atadi. RIA Novosti xabari asosida.
Sal avval AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeo Shinjon-Uyg‘ur muxtor mintaqasidagi vaziyat tufayli AQSh Xitoyni insoniyatga qarshi genotsid va jinoyatda ayblashini ma’lum qilgan edi.
New York Times nashrining yozishicha, hukumatni tark etayotgan administratsiya tomonidan xitoy hukumatiga niyabatan yangragan ushbu keskin gaplar endilikda Bayden kabineti tomonidan Pekinga qarshi sanksiyalarning kengayishiga olib kelishi mumkin.
"So‘nggi bir necha yil davomida Pompeo juda ko‘p yolg‘onlarni tarqatdi… Siz tomondan tilgan olingan Pompeoning bayonoti deb atalayotgan gaplar shunchaki yana bir kurakda turmaydigan safsatadir. Amerikaning yolg‘onchiligi bilan mashhur bu siyosatboo‘i oxirgi kuni ahmoqona yolg‘onni tarqatib, butun dunyoga o‘zini masxaraboz sifatida kulgiga qo‘ydi", - dedi brifing davomida Xua Chunin.
AQSh Xitoyni shu jumladan Tibetda uyg‘urlar va boshqa musulmon guruhlarni ta’qib qilishda, inson huquqlarini poymol qilishda ayblab, sanksiyalar bilan qo‘rqitib keladi. AQSh fikricha Gonkongni himoya qilishga atalgan loyiha ham uning yuqori avtonomiyasini yo‘q qilishga qaratilgan. Xitoy hukumati ushbu barcha ayblovlar va tanqidlarni rad etib, mamlakatning mutlaqo ichki ishlariga aralashmaslikka chaqirgan.