TOShKENT, 20 yanv — Sputnik. AQSh “Shimoliy oqim-2”ni qurib bitkazishda qatnashayotgan “Fortuna” quvur yotqizuvchiga nisbatan sanksiya qo‘lladi. Bu haqda Amerika Moliya vazirligi saytida xabar qilindi.
Shuningdek, “Fortuna” egasi OOO “KVT-RUS” ham sanksiya ro‘yxatiga tushgan.
Rossiya, Yaman, Venesuelaga qarshi choralarning aralash ro‘yxatiga quyidagilar ham kiritilgan:
- oltita kema, jumladan, Rossiya bayrog‘i ostida harakat qiluvchi “Maksim Gorkiy” va “Siyerra” neft tankerlari;
- Krasnodar o‘lkasida ro‘yxatdan o‘tgan OOO “Rustanker”
- Italiya, Shveysariya, AQSh, Venesuela, Malta, Buyuk Britaniyaning 14 ta kompaniyasi
- uch nafar jismoniy shaxs: Shveysariya, Italiya va Venesuela fuqarolari.
Komaniyalarga nisbatan sanksiyalar eksport, bank va valyuta operatsiyalari taqiqlash, aktiv va mol-mulkni bloklashni nazarda tutadi.
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov yangi Amerika sanksiyalariga munosabat bildirib, Moskva cheklovlardan afsusdaligi, ammo gaz quvurini qurishda davom etishini ta’kidladi.
AQSh nima uchun "Shimoliy oqim-2"ga to‘sqinlik qilayotganini quyidagi videoda bilib olish mumkin.