TOShKENT, 19 yanv — Sputnik. O‘zbekistonda 2020-yilda 175,6 migtta o‘lim qayd etilgan, har 1000 aholiga o‘lim koeffitsiyenti 5,1 promilleni tashkil etgan. Bundan Davlat statistika qo‘mitasining 2020-yil yakunlari bo‘yicha demografik raqamlari darak bermoqda.
Bu 2017 yilgi o‘limlar sonidan 14,7 mingtaga (9,27 foizga), 2018-yilgi o‘limlar sonidan 20,7 mingtaga (13,36 foizga), 2019-yilgi o‘limlar sonidan 21 mingtaga (13,58 foizga) ko‘p.
2020 yilda qayd etilgan o‘lim holatlarining 60,0 foizi qon aylanish tizimi kasalliklaridan, 8,0 foizi o‘simtalardan, 7,2 foizi nafas olish a’zolari kasalliklaridan, 4,4 foizi ovqat hzm qilish a’zolari kasalliklaridan, 4,4 foizi baxtsiz hodisa, zaharlanish va jarohatlanishlardan, 4,4 foizi yuqumli va parazitar kasalliklardan hamda 11,6 foizi boshqa kasalliklardan vafot etgan.
Viloyatlar kesimi bo‘yicha eng ko‘p o‘lim holatlari Toshkent shahriga (21,2 ming), Farg‘ona (18,5 ming), Toshkent (18,4 ming) va Samarqand (18,4 ming) viloyatlariga to‘g‘ri kelgan. Eng kam o‘lim holati esa Navoiy (5 ming) va Sirdaryo (4 ming) viloyatlarida kuzatilgan.