Toshkentda avtobus haydovchisi 57 yoshli piyodaning umriga zomin bo‘ldi

Chilonzor tumanida avtobus haydovchisi tartibga solinmagan piyodalar o‘tish yo‘lagidan o‘tayotgan ayolni urib yuborgan.
Sputnik
TOShKENT, 19 yanv — Sputnik. Toshkent shahri Chilonzor tumanida avtobus urib yuborgan ayol halok bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Navoiyda 10 yoshli bola haydayotgan “Matiz” to‘xtatildi – video
Yo‘l-transport hodisasi 19-yanvar kuni taxminan soat 09.15 larda Baynalminal ko‘chasida ro‘y bergan. “Midibus SAZ/NP-37” rusumli mikroavtobus haydovchisi 36 yoshli A.X. tartibga solinmagan piyodalar o‘tish yo‘lagidan o‘tayotgan 57 yoshli M.T.ni urib yuborgan.
Natijada tan jarohatlari olgan piyoda hodisa joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. YTH sabablariga aniqlik kiritilmoqda.