Rahmatjon Qurbonov qobiliyatli san’atkor edi - Hamid Sapayev

Raxmatjon Qurbonov qo‘shiqchilik san’atini estradadan tortib maqomgacha, xalq qo‘shiqlarigacha o‘rgangan inson edi edi.
Sputnik
TOShKENT, 19 yanv - Sputnik. Rahmatjon Qurbonov nafaqat men uchun, balkim butun Xorazm xalqi,  o‘zbek xalqi uchun buyuk san’atkor inson edi. U kishida Xudo bergan qobiliyat, talant bor edi, deydi O‘zbekkonsertning Xorazm viloyati bo‘limi boshlig‘i Hamid Sapayev Sputnik muxbiriga.
O‘zbek mumtoz qo‘shiqchiligining yirik vakili vafot etdi
U kishi qo‘shiqchilik san’atini estradadan tortib maqomgacha, xalq qo‘shiqlarigacha o‘rgangan edi. Undan tashqari adabiyot va san’atning barcha turlarini juda yaxshi biladigan inson edi. Men u kishidan ko‘p marotaba maslahatlar olganman, ko‘p narsani o‘rganganman.
Rahmatjon Qurbonov menga yaqin do‘st edi. Biz u kishi bilan tez tez muloqot qilib turar edik. U kishi juda kamtar, o‘zini qo‘lda ushlab tura oladigan, aqlli inson edilar. Aytadigan har bir so‘zini o‘ylab aytar edi. U kishidan biror marta bekorchi, arzimas gaplarni eshitmaganman,- deydi Sapayev.
O‘zbekiston va Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan artist, “Lazgi” ansamblining sobiq rahbari Ahmadjon Qurbonov 18-yanvar kuni vafot etgan edi.