O‘zbekistonlik Zarrux Adashev xitoylik jangchiga qarshi oktagonga chiqadi - video

Ertaga o‘zbekistonlik jangchi Zarrux Adashev UFC oqshomida oktagonga chiqadi. Sportchilar o‘rtasida nigohlar to‘qnashuvi o‘tkazildi.
Sputnik
TOShKENT, 19 yanv — Sputnik. Ertaga o‘zbekistonlik Zarrux Adashev UFC oqshomida oktagonga chiqadi. Bellashuv Abu-Dabida “UFC jang orolida” bo‘lib o‘tadi.
Zarrux Adashevning raqibi - xitoylik Su Mudayerji.
Kuni kecha nigohlar to‘qnashuvi o‘tkazilib, ular vazn o‘lchashda qatnashishdi.
Zarrux Adashev - 2018-yilda Bellator’da Kristian Medina bilan jangda muvaffaqiyatli debut qildi. 2019-yil fevral oyida u Roni Arana Leon ustidan hakamlar qarori bilan g‘alaba qozondi. 2020-yil iyun oyida u UFC bilan shartnoma imzoladi.