Italiyaning Kalabriya viloyatidagi Lametsiya-Terme shahrida yirik mafiya bandasi ustidan sud jarayoni boshlandi. Aytishlaricha bu so‘nggi 30-yil ichida ko‘rib chiqilgan jinoyat ishlarning eng kattasi bo‘lishi mumkin.
Ayblanuvchilar - 300 nafardan ortiq "Ndrangeta" mafiya guruhi a’zolari. Ular 1990-yillarda sodir etilgan qotillik, narkotiklar savdosi va jinoiy yo‘l bilan topilgan daromadlarni yuvish kabi jinoyatlarda ayblanmoqda.
Kelib chiqish joyi Kalabriya o‘lgan ushbu jinoiy guruh oxirgi vaqtda butun Italiya va dunyoning boshqa nuqtalariga ham tarqalishga ulgurgan.
Jinoyat ishida ko‘plab guvohlar va 58 nafar sud bilan hamkorlik qilishga kelishgan mafiya a’zolari ham ishtirok etmoqda. Xabarda aytilishiga ko‘ra, sud jarayoni kamida 3-yil vaqt ketadi.
Batafsil videolavhamizda tomosha qiling.