TOShKENT, 19 yanv — Sputnik. Klinik sinovlarning I va II bosqichlari natijalariga ko‘ra, COVID-19 ga qarshi "EpiVakKorona"ning immunologik samaradorligi yuz foizni tashkil etdi. Bu haqda Rospotrebnadzor matbuot xizmati xabar qildi.
Koronavirusga qarshi antitanachilarning borligi emlash to‘g‘ri kelmasligini anglatmaydi: "EpiVakKorona" shakllangan immunitetni mustahkamlashga yordam beradi. 14-21 kun oralig‘ida 0,5 mililitr dozada preparatni mushak ichiga ikki marta yuborishni nazarda tutadi: agar kishi ilgari COVID-19 bilan kasallangan bo‘lsa, bitta komponent bilan emlash mumkin.
"Ammo “EpiVakKorona vaksinasining bir martalik kiritish - kuch va davomiyligi jihatidan maqbul bo‘lgan immunitetni bermaydi", - deya aniqlik kiritildi Rospotrebnadzorda. Ushbu masala qo‘shimcha tadqiqotlarni o‘tkazishni talab qiladi.
Novosibirskdagi "Vektor" markazida peptid antigenlari asosida yaratilgan "EpiVakKorona" vaksinasi oktabr oyida ro‘yxatdan o‘tkazildi. Sinovning 3-bosqichi davom etmoqda: 40 ming ko‘ngilli, shu jumladan 60 yoshdan oshgan va surunkali kasalliklarga chalingan odamlar ishtirok etmoqda. 45 mingdan ortiq doza fuqarolik muomalasiga chiqarildi va ommaviy ishlab chiqarish fevral oyida rejalashtirilgan.