O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 78 mingdan oshdi

O‘tgan kun yana 68 kishida koronavirus aniqlandi. Shulardan 38 nafari Toshkentda fuqarolar orasida aniqlangan.
Sputnik
TOShKENT, 18 yanv — Sputnik. O‘zbekistonda o‘tgan kun davomida yana 68 kishida koronavirus aniqlandi. Jami bemorlar soni 78 036 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qilmoqda.
Tojikiston COVID-19 ni yengdimi: Markaziy Osiyodagi vaziyat
Yangi kasallanganlarning 1 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida, 5 nafari Andijon viloyatida, 1 nafari Jizzax viloyatida, 2 nafari Namangan viloyatida, 5 nafari Samarqand viloyatida, 1 nafari Xorazm viloyatida, 15 nafari Toshkent viloyatida, 38 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Mamlakatda kasallikdan sog‘ayganlar 76538 nafarga yetgan va sog‘ayish ko‘rsatkichi 98 foizni tashkil qilmoqda. Qurbonlar soni 619 nafarligicha qolmoqda.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 879 nafar bemordan 158 nafari og‘ir, 32 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.