TOShKENT, 18 yanv — Sputnik. 2020-yilda O‘zbekistonga kelib tushgan xalqaro transchegaraviy pul o‘tkazmalari hajmi 6,03 mlrd dollarni tashkil etdi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, pul o‘tkazmalari hajmi 2019-yilga nisbatan 17 mln dollarga yoki 0,3% foizga oshgan.
Chet elga yuborilgan transchegaraviy pul o‘tkazmalari miqdori 1,20 mlrd. dollarga yetgan. O‘tgan yilning mos davriga nisbatan 157 mln dollarga yoki 15 foizga oshdi.
Natijada xalqaro transchegaraviy pul o‘tkazmalari bo‘yicha ijobiy saldo 4,83 mlrd dollarga yetgan.