Valyutalar kursi: dollar, rubl tepaga, yevro esa pastga

Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi. Dollar kursi o‘tgan haftaga nisbatan 27,61 so‘mga ko‘tarildi.
Sputnik
TOShKENT, 18 yanv — Sputnik.  Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan 19-yanvardan boshlab yangi qiymatini belgiladi.
Dollar kursi o‘tgan haftaga nisbatan 27,61 so‘mga yuqorilab, 10 500,81 so‘m tashkil qildi.
Rossiya rubli ham 1,37 so‘mga ko‘tarildi va 142,66 co‘mni tashkil qildi.
Yevro esa 113,50 so‘mga pastladi va 12 682,88 so‘mni tashkil qildi.