Tarixda ilk bor: 6ta “Ruslan” bir vaqtning o‘zida osmonga ko‘tarildi - video

Rossiya havo-kosmik kuchlari bir vaqtning o‘zida harbiy mashqda oltita An-124 “Ruslan” og‘ir harbiy transport samolyotini jalb etishdi.
Sputnik
Mashq Bransk viloyatida bo‘lib o‘tdi. Rossiya mudofaa vazirligi matbuot xizmati ma’lum qilishicha, parvozlar to‘rt ming metrdan oshiq balandlikda amalga oshirildi, marshrutning umumiy uzunligi 600 kilometrdan oshdi, o‘rtacha tezlik 500 km/soat edi.