TOShKENT, 18 yanv — Sputnik. Rossiya koronavirus pandemiyasini yengishga qodir preparat ishlab chiqdi; G‘arbda Rossiya ilm-faniga nisbatan nodonlik mavjud, deyiladi “Monde diplomatique” Fransiya gazetasining ispancha nashri materialida.
Maqola muallifi Federiko Kuskoning fikriga ko‘ra, G‘arbning “Sputnik V” vaksinasining yaratilishiga bo‘lgan loqayd va shubhaomuz munosabati rus ilmiy an’analariga nisbatan nodonlikdan yuzaga kelgan.
U preparatning ishlab chiqarilishi Rossiyadagi ilmiy ishlanmalar tarixiy zanjirlari natijasi ekanini ta’kidlagan. Ammo, uning fikriga ko‘ra, G‘arb “hikoyachilari” yillar davomida Rossiya ilmiy yutuqlarini rad etib kelgan va endi vaksina yaratilgani haqida e’lon qilinishidan hayratga tushishgan.
“Farmatsevtika laboratoriyalari o‘z dori-darmonlarini qimmat narxlar bilan o‘tkazadigan AQSh hamda Yevropa Ittifoqi kabi mamlakatlardan farqli o‘laroq, Rossiya pul ortidan quvmaydi”, - deb hisoblaydi Kusko.
U hozir “Sputnik V” vaksinasi butun dunyo bo‘ylab tarqalayotgani, ehtimol, 50-yildan keyin Rossiya vaksinasiga nisbatan G‘arb gumonlarini hech kim esga olmasligini qo‘shimcha qildi.
Rossiya dunyodagi birinchi koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaksinasini avgust oyida ro‘yxatga oldi. U Gamaleya nomidagi markaz tomonidan yaratilgan va Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi bilan hamkorlikda ishlab chiqarilmoqda. Vaksina ayni paytda o‘zining xavfsizligi va samaradorligini isbotlagan. Shuningdek, vaksinada uzoq kuzatiluvchi salbiy oqibatlar mavjud emasligi o‘z isbotini topgan.