TOShKENT, 18 yanv — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin hukumatga pandemiya vaqtida qurilishlarga mehnat migrantlarini soddalashtirgan holda jalb qilish masalasini ko‘rib chiqishni topshirdi. Tegishli topshiriq Kreml saytida chop qilingan.
Topshiriqqa binoan 1-mart sanasiga qadar chet ellik quruvchilarni, jumladan, qator MDH mamlakatlaridan soddalashtirilgan tartibda jalb qilish masalasi ko‘rib chiqilishi kerak. Bunda yangi koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olishga qaratilgan sanitariya-epidemiologik talablarga rioya qilish talab etiladi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Marat Xusnullin va Tatariston rahbari Rustam Minnixanov Putindan qurilishda ishchi kuchi yetishmasligi masalasini ko‘rib chiqishni iltimos qilgan edi. Vladimir Putin boshqa mamlakatdagi hamkasblari bilan Rossiyada migrantlar yetishmasligi masalasini muhokama qilishini ma’lum qilgan edi.
Bundan tashqari, Rossiya Qurilish vazirligi ham mehnat migrantlarining mamlakatga kirishini soddalashtirish taklifi bilan chiqqan edi.