TOShKENT, 18 yanv — Sputnik. Narkobaron Pablo Eskobarning "kokain begemotlari" tez ko‘payishi mamlakat ekotizimiga tahdid solmoqda, deb aytishdi kolumbiyalik olimlar Telegraph bilan o‘tkazilgan suhbatda.
1980-yillarda Pablo Eskobar Afrika jonivorlarini o‘z hayvonot bog‘iga noqonuniy tarzda Kolumbiyaga olib kelgandi. Eskobar vafotidan so‘ng, hukumat uning uy-joyini nazorat ostiga oldi, hayvonlarning aksariyati olib ketildi, ammo to‘rt dona begemot suv havzasida qoldi. O‘shandan beri ularning avlodlari Magdalena darosi havzasi bo‘ylab tarqalib ketishdi.
Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, hozirda Kolumbiyada 80 dan 100 gacha begemot yashaydi, ammo 2040-yilga kelib ularning soni bir yarim mingga ko‘payishi mumkin, shundan keyin ularni ko‘payishini nazorat qilish imkonsiz, atrof-muhitga ta’sirini esa qaytarib bo‘lmaydi.
"Begemotga o‘q otish fikri hech kimga yoqmayapti, lekin boshqa hech qanday strategiya ish bermasligini tan olishimiz kerak" - dedi ekolog Natali Kastelblanko-Martines.
Afrikada begemotlar ko‘payishi qurg‘oqchilik va yirtqich jonivorlar ovi davrlari bilan cheklanib turiladi, deyilgan Biological Conservation jurnalida chop etilgan tadqiqotda. Ammo Magdalena havzasida afrikalik hayvonlarning tabiiy dushmani bo‘lmagan va quruq davrlar unchalik uzoq emas, bu ularning yanada ko‘payishiga olib kelishi mumkin.
Kastelblanko-Martines so‘zlariga ko‘ra, begemotlarning axlati suvdagi fosfatlar va azotning konsentratsiyasini oshirishini, parazitlar va kasalliklar mahalliy faunaga, uy hayvonlariga va hatto odamlarga yuqishi mumkin.
Bundan tashqari, begemot odamlarga hujum qilishi mumkin. Masalan, o‘tgan yili shunday holat yuz berdi: begemot fermerga hujum qilib, oyog‘idan tishlab, osmonga uloqtirdi. Buning oqibatida fermerning oyoq va bir nechta qovurg‘alari singan.
Ekologlar bir necha yildan beri begemotlarni sterilizatsiya qilishga urinmoqdalar, ammo bu ko‘p vaqt va kuch sarflaydi, mavjud resurslar esa juda kam.