Murmansk osmonida shimol yog‘dusi - video

Shimol yog‘dusi - quyoshdan chiqayotgan zaradlangan zarrachalarning Yer magnitosferasi bilan to‘qnashuvi natijasida atmosferasining yuqori qatlamlarida paydo bo‘ladigan yorqin nurlar jilolanishidir. 
Sputnik
Murmansk osmonidagi shimol yog‘dusi - misli yashil rangli zumrad toshlarining jilolanishiga o‘xshaydi. Tabiatning ushbu mo‘’jizasi shunchalik antiqa, shunchalik noodatiy-ki, ba’zan hatto uning haqiqiyligiga ishonmaydi kishi. 
Olimlar izohlashiga ko‘ra, quyoshdan chiqayotgan zaradlangan zarrachalarning Yer magnitosferasi bilan to‘qnashuvi natijasida atmosferasining yuqori qatlamlarida yorqin nurlar paydo bo‘ladi. 
Tabiatning ushbu mo‘’jizasini o‘z ko‘zi bilan ko‘rish uchun butun dunyodan sayyohlar Kolskiy yarim oroliga ataylab kelishadi. Shimoliy oqim yog‘dusi kunlarida Murmansk shahri ayniqsa gavjum bo‘ladi.