Lavrov: AQSh pandemiyadan boshqa mamlakatlarga bosim o‘tkazish uchun foydalanishga urindi

Rossiya tashqi ishlar vaziri G‘arb mamlakatlari AQSh boshchiligida koronavirus pandemiyasi sabab dunyoda yuzaga kelgan vaziyatdan foydalanishga uringanini ma’lum qildi.
Sputnik
TOShKENT, 18 yanv — Sputnik. G‘arb mamlakatlari AQSh boshchiligida koronavirus pandemiyasi sabab dunyoda yuzaga kelgan vaziyatdan foydalanishga urindi. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov 2020-yil yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumanida ma’lum qildi.
“Afsuski, pandemiya sharoitida umumiy ishlarga birdamlikka bo‘lgan bunday intilish har yer va hamisha namoyon bo‘lmadi. Ayrim G‘arbdagi hamkasblarimiz, avvalo Qo‘shma Shtatlar va uning yaqin ittifoqdoshlari, vaziyatdan o‘zlarining bosim usullari, shantaji, ultimatumlari, noqonuniy xatti-harakatlarini nafaqat bir tomonlama cheklovlarni kiritish, balki turli shakllarda ko‘plab mamlakatlarning ichki ishlariga aralashishni kuchaytirish uchun ham foydalanishdi”, - dedi Lavrov.
Rossiya vaziri G‘arb mamlakatlari BMT bosh kotibi, BMTning inson huquqlari bo‘yicha oliy komissarining pandemiya vaqtida bir tomonlama sanksiyalarni oziq-ovqat, COVID-19 ga qarshi kurashish uchun asbob-anjom yetkazib berish qismida bekor qilishga qaratilgan chaqiriqlarini e’tiborga olmaganini qayd etdi.
Lavrov Rossiya bunday yondashuvni qo‘llab-quvvatlashga tayyor bo‘lgani, mamlakat prezidenti Vladimir Putin paralllel ravishda xalqaro savdo-sotiqda saksiyalardan xoli yashil yo‘laklar yaratish tashabbusini bildirganini eslatdi.
“Afsuski, bu to‘g‘ri chaqiriqlar, ham bizning, ham BMT rahbarlarining, havoda muallaq qoldi”, - deya so‘zlariga yakun yasadi Rossiya TIV rahbari.