Kamikadze va izquvar: Toshkent IIBB kinologiya xizmatidan foto-reportaj

Sputnik muxbirlari Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi kinologiya xizmatiga tashrif buyurishdi. U yerda tasvirga olingan eng sara suratlarni e’tiboringizga havola etamiz.
Sputnik
O‘zbekistonda kinologiya XIX asrning oxirlarida rivojlana boshladi, Toshkentda ilk pitomnikni tashkil etish 1911-yilda qayd etilgan.
IIBB kinologiya xizmatida instruktorlar itlarni narkotik, portlovchi moddalarni qidirish, izquvar, terrorchilar tuzoqlarini zararsizlantirish yo‘nalishida o‘rgatishadi, yaqinda esa kamikadze yo‘nalishida xizmat itlari tayyorlashni boshladilar: itlarga ratsiya orqali buyruq beriladi.
1 / 12
Itlar volyerlarda yashaydi, ularning har birida laqab, nasl, tug‘ilgan sana va yo‘nalishi, kinolog ismi yozilgan taxtacha mavjud.
2 / 12
Zotlar har xil: labrador, spaniyellar (giyohvand moddalarni qidirish), Kavkaz va O‘rta Osiyo ovcharkalar. Eng ommabopi Malinua (Belgiya ovcharkasi): jasur, bardoshli, epchil va topqir bo‘ladi.
3 / 12
Ammo itning qaysi zoti bo‘lishidan qat’i nazar, asosiysi - unga mos kinolog tanlashdir. Instruktor va xizmat iti bir biriga mos bo‘lib, bir-biriga ishonishlari kerak.
4 / 12
Yo‘nalish tanlash uchun kamida 4 oylik mashqdan o‘tish kerak.
5 / 12
It bolasi ikki oy bo‘lganda birinchi mashqlar boshlanadi.
6 / 12
Pitomnikda itlar bilan mashq o‘tkazish.
7 / 12
Nemis ovcharkasi bilan mashq o‘tkazish jarayoni.
8 / 12
Xizmat iti yashirilgan portlovchi moddani qidirmoqda.
9 / 12
Har bir itni jadvalga muvofiq mashq qiladi, masalan, tushlikdan oldin - umumiy mashq kursi, tushdan keyin esa maxsus mashq kurs.
10 / 12
Xizmat iti "jinoyatchi"ni ushlashga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
11 / 12
It bolasi.
12 / 12
Xizmat itining ish kuni 12 soat. Undan 9-yil davomida jinoyatchilikka qarshi kurash yo‘lida foydalaniladi.