Amsterdamda namoyishchilarni suv bilan haydashdi - video

Namoyishchilar politsiyaga qarshi tajovuzkorna harakatlar qila boshlaganidan so‘ng ularga nisbatan suv sepish va hibsga olish choralari qo‘llanilgan. 
Sputnik
Niderland politsiyasi yakshanba kuni Amsterdamda COVID-19 tufayli kiritilgan cheklovlarga qarshi namoyishga chiqqan fuqarolarni suv bilan haydashdi. 
Xabarda aytilishiga ko‘ra, shaharning Muzeumplayn maydonida to‘plangan namoyishchilar hukumatning epidemiyaga qarshi kurash choralari hamda COVID-19 tufayli kritilgan cheklovlarga qarshi namoyishga chiqishgan.
Shahar markazida saqlash suv to‘plari bilan jihozlangan avtomobillar va otliq politsiya tomonidan nazorat qilib turilgan. Namoyishchilar politsiyaga qarshi tosh ota boshlaganidan so‘ng ularga nisbatan suv sepish va hibsga olish choralari qo‘llanilgan. 
Eslatib o‘tamiz, ushbu namoyishlar Niderland rasmiy hukumati korrupsion mojaro tufayli iste’foga chiqqan va vaziyatni vaqtinchalik hukumat boshqarib turgan vaqtda sodir bo‘lmoqda. 
Niderdandda koronavirusga chalinganlar soni 900 mingdan oshgan va o‘limlar soni 13 mingga yaqinlashgan.