Haydovchilikka o‘qiyotgan shaxslarning davomati onlayn nazorat qilinishi mumkin

O‘zbekistonda haydovchilik guvohnomasini olmoqchi bo‘lganlarning davomati va o‘quv jarayonini onlayn nazorat qilish yo‘lga qo‘yilishi mumkin.
Sputnik
TOShKENT, 17 yanv — Sputnik. 2021-yilda Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati (DYHXBB) sohasida amalga qator istiqbolli rejalar amalga oshirilishi kutilmoqda.
Haydovchilik guvohnomasini almashtirish muddati 2021-yil yakunigacha uzaytirilgan – DXA
IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xabariga ko‘ra, haydovchilik guvohnomasini olish uchun o‘qiyotgan nomzodlar davomati va o‘quv jarayonini onlayn tarzda nazorat qilish tizimini yaratish rejalashtirilmoqda. 
Bundan tashqari, 2021-yilda transport vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda arizalarni onlayn yuborish ham joriy etilishi kutilmoqda. To‘lovlarni esa to‘liq billing tizimiga o‘tkazish mo‘ljallangan. Bu fuqarolarning sababsiz kutib qolishlarining oldini olishga yordam berishi aytilmoqda.
Eslatab o‘tamiz, O‘zbekistonda 2021-yil 1-apreldan tadbirkorlar haydovchilik guvohnomasini olish uchun imtihon o‘tkazish huquqiga ega bo‘ladi.