Hammom va shaxmatlar: rossiyalik tinchlikparvar kuchlari Qorabog‘da qanday yashashmoqda?

Rossiya Mudofaa vazirligi rossiyalik harbiy xizmatchilar Tog‘li Qorabog‘da xizmatdan bo‘sh vaqtlarida nima bilan shug‘ullanishlarini ko‘rsatdi
Sputnik
Hozirda Tog‘li Qorabog‘da uchta blok-modul tipidagi shaharcha barpo etilgan.
Ularda 400ga yaqin tinlikparvar kuchlar yashashadi. Harbiy xizmatchilar tan olinmagan respublikada xavfsizlik va o‘t ochishni to‘xtatish rejimi ustidan nazoratni ta’minlab kelishmoqda.
Rossiya saporlari Tog‘li Qorabog‘ poytaxtini minalardan qanday tozalamoqda - video
Harbiylar yashayotgan hudud ko‘p qulayliklarga ega: bu yerda o‘zni uydagidek his qilish uchun hammasi mujassam: oshxona, sportzal, hammom, dam olish xonasi va tibbiyot punkti mavjud.
Modullarning har biri uzluksiz elektr-energiyasi, suv va issiqlik ta’minotiga ega.
Yashash qismida ham barcha zarur jihozlar va maishiy texnika bor.
Yaqin vaqtlarda Tog‘li Qorabog‘ hududida yana shu singari beshta obyektni barpo etish rejalashtirilgan, ularning har birida 540 ga yaqin harbiylar joylashadilar.