TOShKENT, 16 yanv - Sputnik. Serbiya seshanba kuni, 19-yanvarda 250 ming doza Rossiyaning koronavirusga qarshi "Sputnik V" vaksinasini olishi kutilmoqda, deb bayonot berdi mamlakat prezidenti Aleksandr Vuchich.
Shanba kuni u Xitoydan bir million dozada keltirilgan Sinopharm kompaniyasi vaksinasini kutib oldi.
"Dushanba kuni yana 19,5 ming doza Pfizer vaksinasi keltiriladi, seshanba kuni 250 ming doza "Sputnik V" vaksinasi olib kelinadi, shu tariqa, biz chorshanba kungacha 1,43 million doza vaksinaga ega bo‘lamiz", – deya iqtibos keltirgan RIA Novosti Serbiya prezidenti so‘zlaridan.
Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi 2020-yilning avgustida COVID-19ga qarshi Gamaleya markazi tomonidan ishlab chiqilgan vaksinani dunyoda birinchilardan bo‘lib ro‘yxatdan o‘tkazgan edi. U "Sputnik V" nomini oldi. Vaksina insonning o‘rganilgan va ishonchli adenovirusli vektorlari platformasida yaratilgan. Xavfsizlik, samaradorlik va uzoq muddatli salbiy ta’sirlarning mavjud emasligi vaksinaning eng muhim ustuvorliklaridan biri sanaladi.