Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga bosh direktor tayinlandi

Davron To‘laganov ko‘p yillar Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi tizimida turli vazifalarda ishlab kelgan.
Sputnik
TOShKENT, 16 yanv - Sputnik. Sog‘liqni saqlash vazirining tegishli buyrug‘i bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Jizzax filiali direktori lavozimida ishlab kelgan Davron To‘laganov Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga bosh direktor etib tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
"Vaziyatni murakkablashtirmaylik": Otabekov tibbiy niqoblarni taqishda davom etishga chaqirdi
Tibbiyot fanlari doktori Davron To‘laganov ko‘p yillar Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi tizimida turli vazifalarda ishlab kelgan. 2016—2017 yillarda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bosh shifokor muovini vazifasini bajaruvchi bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, birlashtirilgan shoshilinch tibbiy yordam xizmati tarkibiga Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, uning 13 ta viloyat filiali, 176 ta tuman va shahar tibbiyot birlashmalarining shoshilinch tibbiy yordam bo‘limi, 2400 dan ortiq tez tibbiy yordam brigadasi, sanitar-aviatsiya xizmati va favqulodda vaziyatlarda aholini tibbiy ta’minlash tezkor brigadalari kiradi.
Eslatib o‘tamiz, To‘laganovga qadar Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga bosh direktor sifatida Abduhakim Xojiboyev ishlab kelgan. U 2020-yilning noyabrida Prezident farmoni bilan O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri etib tayinlangandi.