TOShKENT, 15 yanv - Sputnik. Tez orada koronavirus pandemiyasining uchinchi to‘lqini boshlanadi, va u, ehtimolki, ikkinchisiga qaraganda kuchsiz bo‘lmasligi mumkin, deb ma’lum qildi jurnalistlarga RF Hisob palatasi rahbari Aleksey Kudrin Gaydar forumi davomida norasmiy suhbat vaqtida, deb xabar bermoqda RIA Novosti.
"2021 yilda, ko‘rinib turibdiki, unchalik yengil bo‘lmaydi. Yevropa davlatlarida bugun guvohi bo‘layotgan holatlar, qoidaga ko‘ra, sal kechikib bizga ham keladi - gap uchinchi to‘lqin haqida bormoqda. Ya’ni ikkinchi to‘lqin keldi, hozirda uchinchi to‘lqin kelmoqda, va ehtimolki, u ikkinchisiga nisbatan kuchsiz bo‘lmaydi, balki kuchliroq bo‘lishi ham mumkin. Shu bois, hotirjam bo‘lishga imkon qolmaydi, barqaror holat bo‘lmaydi", - dedi Kudrin.
Hisob palatasi rahbarining so‘zlariga ko‘ra, 2021-yil murakkab yil bo‘ladi. Va hukumat, uning so‘zlariga ko‘ra, yangi qo‘llab-quvvatlov choralarini qabul qiladi. Kudrinning aytishicha, hozirda hukumat o‘tgan yilda amal qilgan inqirozga qarshi choralarni uzaytirish borasida qaror qabul qilgan.
Uning aytishicha, joriy yilda ko‘p narsa pandemiyani jilovlash yoki davom etishi bilan bog‘liq bo‘ladi, ko‘pgina choralarni uzaytirish kerak bo‘ladi, va bu juda qimmatga tushishi mumkin.
Inqirozga qarshi kurash strategiyasida qo‘shimcha qadamlar kerak bo‘ladi.