Rossiyaning yirik qurilish kompaniyalari quruvchilarni ishga taklif qilmoqda

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi quruvchilarni Rossiyaning yirik qurilish kompaniyalariga ishga taklif qilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 15 yanv – Sputnik. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Rossiyaning yirik qurilish kompaniyalari “PIK-Industriya” va “TexStroy”da ishlash uchun quruvchilarni ishga taklif qilmoqda.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, ishga montajchilar, payvandchilar, g‘isht teruvchilar, armaturachilar, beton plitalarini joylashtiriuvchilar va ichki pardoz ishlari olib boruvchilar va boshqa mutaxassislar taklif qilinadi.
Ishga joylashishi uchun dastlab O‘zbekistonda suhbatdan o‘tish kerak. Suhbatlar 15-31 yanvar kunlari Farg‘ona, Urganch va Samarqand shaharlarida bo‘lib o‘tadi. Suhbat vaqtida ish sharoitlari, maosh miqdori va boshqa qo‘shimcha ma’lumotlarni olish mumkin.
Batafsil ma’lumotni quyidagi telefon raqamlari orqali (71 202-33-55, 71 200-00-61) yoki  mana bu yerdan olish mumkin. 
Eslatib o‘tamiz, 14-yanvar kuni Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida Rossiya Federatsiyasining yirik qurilish kompaniyalari – «PIK-Industriya” AJ va «TexStroy” MChJ korxonalari rahbariyat vakillaridan iborat delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tgan edi.