O‘zbekiston dunyodagi eng qudratli armiyalar ro‘yxatida yuqoriladi

O‘zbekiston Qurolli Kuchlari harbiy kuchlarning global reytingida o‘z pozitsiyalarini yaxshiladi. Bu sobiq SSSR davlatlari orasida to‘rtinchi ko‘rsatkich.
Sputnik
TOShKENT, 15 yanv — Sputnik. O‘zbekiston Qurolli Kuchlari harbiy kuchlarning Global firepower reytingida o‘z pozitsiyalarini yaxshilab, 51-o‘ringa ko‘tarildi (2020 yilda respublika 52-o‘rinda bo‘lgan). 
Bu sobiq SSSR davlatlari orasida to‘rtinchi ko‘rsatkich. Rossiya (2-o‘rin), Ukraina (25), Belarus (51). Markaziy Osiyodagi qo‘shnilar orasida Qozog‘iston 62-o‘rinda.
Global Firepower harbiy reytingida qayd etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston Qurolli kuchlari 420 dona tank, 1215 dona zirhli mashina, 140 dona o‘ziyurar artilleriya va 98 dona ko‘p zarbali reaktiv tizimlariga ega. Shuningdek, 80ta qiruvchi, 122ta vertolot va boshqa aviatsiya (jami 227) - havo kuchlarining asosini tashkil etadi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev askar va serjantlar, ofitser va generallar, Qurolli Kuchlar faxriylari, vatandoshlarni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 29-yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tabrikladi.
Mirziyoyev harbiylar va faxriylarni Vatan himoyachilari kuni bilan tabrikladi
O‘zbekiston yetakchisi bundan 4-yil oldin mamlakatda harbiy qurilish sohasini tubdan isloh qilish bo‘yicha eng muhim va ustuvor yo‘nalishlarni belgilab olinganini, shu asosda mamlakat mudofaa qobiliyatini mustahkamlash va Qurolli Kuchlarni rivojlantirish uchun keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotganini aytgan.
O‘tgan qisqa davrda yangi Mudofaa doktrinasi qabul qilindi, harbiy tuzilmalarning tarkibi va vazifalari chuqur qayta ko‘rib chiqildi, qo‘shinlarni boshqarish tizimi takomillashtirildi, milliy armiyamizni zamonaviy qurol-yarog‘ va texnika vositalari bilan ta’minlash bo‘yicha o‘ta muhim loyihalar amalga oshirildi, deya eslatgan prezident.