O‘zbekiston 2021-yilda 17 mlrd dollarlik tovar eksport qilishi kutilmoqda

2021 yilda eksportning kutilayotgan miqdori 17 mlrd dollardan ortiq bo‘ladi. Bunga qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik, ipakchilik, elektrotexnika va boshqa sohalarda eksport hajmining sezilarli darajada oshirilishi hisobiga erishiladi.
Sputnik
TOShKENT, 14 yanv — Sputnik. O‘zbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi 2020-yil yakunlari to‘g‘risida hisobot berdi. Asosiy vositalarga kiritilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hajmi 2019-yilning shu davriga nisbatan 101,5%ni yoki 6,6 mlrd dollarni tashkil etdi.
Investitsiya dasturi doirasida 197 loyiha amalga oshirilib, 38 ming ish o‘rni yaratildi. Hududiy investitsiya dasturlari doirasida jami 59,1 trln so‘mlik 10 586 loyiha amalga oshirildi va bu 131,5 mingta yangi ish o‘rni tashkil etilishiga imkon berdi.

Tashqi savdo faoliyati ko‘rsatkichlari

2020 yil yakunlariga ko‘ra, eksport hajmi 15,1 mlrd dollarni tashkil etgan. Shu bilan birga, 47 turdagi yangi mahsulotlarni eksportga yetkazib berish yo‘lga qo‘yildi va bir qator mamlakatlarning yangi istiqbolli bozorlariga chiqishga erishildi.
Har bir tadbirkorlik subyekti bilan alohida ishlashga qaratilgan yondashuv asosida tezkor va samarali yechimlarni ishlab chiqish va amalga oshirish uchun asosiy vazirliklar, idoralar va davlat organlaridan iborat Eksport va investitsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasining tashkil etilgan edi.
Prezident 2021-yildagi investitsiya loyihalari bilan tanishdi
Komissiya vazifalari tadbirkorlik bilan shug‘ullanish sharoitlarini yaxshilash va investitsiya loyihalari tashabbuskorlari va eksportchilarga amaliy va moliyaviy ko‘mak berishga qaratilgan tizimli mexanizmlarni ishlab chiqish ham iborat edi. Aylanma mablag‘larni to‘ldirish maqsadida eksport qiluvchilarga berilgan kreditlar miqdorining 50 foizigacha bo‘lgan qismini kafolatlash tartibi ham yo‘lga qo‘yildi.

2021 yilda investitsiya va tashqi savdo faoliyatida kutilayotgan ko‘rsatkichlar

Prognozga ko‘ra, xorijiy investitsiyalar hajmi 10,5 mlrd dollarni tashkil etadi, shundan 7,6 mlrd dollari to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalardir. O‘z navbatida, 226 ta yirik, yuqori iqtisodiy ahamiyatga ega sanoat loyiha ishga tushiriladi va 34 mingta ish o‘rni tashkil etiladi.
Investitsiyalarni o‘zlashtirish samaradorligi oshiriladi - prezident
Hududiy investitsiya dasturlari doirasida 94,8 trln so‘mlik mablag‘ o‘zlashtirilishi va 7106 investitsiya loyihasi ishga tushirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, buning natijasida qariyb 162 mingga yangi ish o‘rni yaratiladi.
Shuningdek, 2021-yilda eksportning kutilayotgan miqdori 17 mlrd dollardan ortiq bo‘ladi. Bunga qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik, ipakchilik, elektrotexnika va boshqa sohalarda eksport hajmining sezilarli darajada oshirilishi hisobiga erishiladi.
Shu bilan birga, 2 mingdan ziyod yangi korxonalarni eksport faoliyatiga jalb etish va 120 yangi turdagi tayyor mahsulot eksportini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.