TOShKENT, 14 yanv — Sputnik. Abduqodir Toshqulov O‘zbekiston oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri lavozimiga tayinlandi. Prezident tegishli farmonga imzo chekdi, deb xabar qildi vazirlik matbuot xizmati.
Avvalroq Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida Toshqulovning nomzodi ushbu lavozimga tasdiqlangan edi. U hozirga qadar Termiz davlat universiteti rektori vazifasini bajarib kelayotgan edi.
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari bilan Inomjon Majidov O‘zbekiston Milliy universiteti rektori, O‘ktam Salomov Farg‘ona politexnika instituti rektori, Avazjon Marahimov Termiz davlat universiteti rektori lavozimiga tayinlandi.