“Molodojka”dagi hayot: Antarktidaning eski va yangi tuzoqlari

Kechalari kino tomosha qilib, pishirilgan kolbasa va pivoni orzu qilardik. Uydan uyga arqonni ushlab, borib kelardik, bo‘lmasa shamol uchirib ketardi. Asosiy manzara – aysberglar. Jonivorlardan faqat pingvinlar bor.
Sputnik
TOShKENT, 14 yanv — Sputnik. Olga Bugrova. 1963 yil 14-yanvar kuni “Molodojnaya” (“Yoshlar”) ilmiy-tadqiqot stansiyasi ish boshladi. Bu Sovet Ittifoqining Antraktidadagi to‘rtinchi qishlog‘i edi. 1970-yillarda o‘nlab mamlakatlardan 30 ta orasida eng kattasi. “Molodojka” uzoq vaqt mahalliy poytaxt deb hisoblandi: o‘z aeroporti, nomlari bo‘lgan 70 ta xonadon, ko‘chalari bor edi. Elektrostansiya va radiouzel o‘z-o‘zidan bor edi. Qishloq gultojisi marmar bilan qoplangan hammom.

Dahshatli qor bo‘roni

“Molodojnaya” stansiyasi Antarktikadagi eng yaxshi ilmiy markaz nomi shuhrat qozongan. Stansiyada muz xaritalari tuzilardi, qorni o‘lchash tasviri bilan shug‘ullanishardi, qutb yog‘dusini o‘rganib, atmosfera bosimini kuzatishardi. Ayrim narsalarni dunyoda birinchi bo‘lib bajarishgan: 1979-yildan atmosferani meteorologik lazer bilan tekshirish.
“Mavsumda “Molodojka”da ming nafargacha kishi bo‘lardi, 100 nafardan 150 nafargacha kishi qishlardi”, - deya hikoya qiladi Rossiyaning faxrli qutbchisi Viktor Boyarskiy.
“Bunday stansiyalarda ish Antarktika mavsumi mobaynida davom etardi – noyabrdan fevralgacha. So‘ngra qishlash. “Mavsum”ni qo‘shib, 14-14 oy olamiz: standart dastur. Odamlar ikkinchi qishlashga qolgan hollari ham bo‘lardi. Lekin bunday holatlarg yo‘q qo‘yilmaslikka harakat qilinardi. Qish – bu iyun, iyul va avgust: Antarktidada juda qiyin vaqt. Hatto qutb kechasi sabab ham emas, doimo shtorm shamollari esib bergani bois. Bu yoqimsiz. Bo‘ron shunday kuchliki, biror bir uzoq-uzoqlarga uchib ketish juda oson”, - deydi u.
Boyarskiy aytganidek, qutbchilar pishirilgan kolbasa va pivoni ularni yomon ovqatlantirishganliklari uchun qumsashmagan. Shunchaki kolbasa kuchli dudlangan bo‘lgan va sovuqda uzoq saqlanishga dosh bergan. Pivo esa 10 kunda bir marta bir bankadan berilgan. Antarktikada ko‘p alkogol ichish taqiqlangan: u yerda bu xavfli.

Diqqatni ko‘p qaratma!

Antarktidada yillab qolish sog‘liq uchun zararli. Tibbiyot xodimlari ta’kidlashadiki: inson agar 5-yilni antarktika muzlari hududida o‘tkazsa, organizmining himoya kuchlari butunlay yemiriladi. Yana bir xavf – bu ruhiy yuklama. Odam oylar davomida bir xil manzarani kuzatsa, unda xavfni sezish qobiliyati susayishi kuzatilgan. Bu esa hayot uchun tahdid. Viktor Boyarskiy bu fikrga qo‘shilmaydi: “Bir xil manzara – adabiy tushuncha. Odamlar cho‘lda bo‘lishmaydiku! Shart-sharoitlari ajoyib bo‘lgan uylar: odatda bir kishidan turishadi, xohlaganlar gul va sabzavot o‘stirish mumkin. Kuniga uch marta oshxonada uchrashishadi. Turli tumanlik bisyor”.
Boyarskiy ruhiy sog‘liq uchun xafv baribir borligini qayd etdi. Ustiga ustak zamonaviy stansiyalarda. Uy, ish, maishiy xizmat va ovqatlanish turli binolarda bo‘lgan eskilaridan farqli o‘laroq yangilari monoblokli qurilmoqda. Hammasi bir joyda. Ko‘chaga chiqmaslik ham mumkin. Bu xavfsizlikni kafolatlaydi. Biroq yakkalanish hissi kuchayadi. Asosiysi unga diqqatingni ko‘p qaratma.