TOShKENT, 14 yanv – Sputnik. Ayni damda xorijda mehnat qilayotgan fuqarolar bir martalik yordam olish uchun internet orqali murojaat qilishlari mumkin, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabariga asosan.
"Zarur oziq-ovqat mahsulotlari va gigiyena vositalari sotib olish uchun" Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolar bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari (42 AQSh dollari) miqdorida bir martalik moddiy yordam ajratish tizimi mavjud”, - deyilgan xabarda.
Moddiy yordamga extiyoji bo‘lgan fuqarolar www.birgamiz.com sayti orqali pasport ma’lumotlari va mehnat migrantligini tasdiqlovchi hujjatlarni yuklashi kerak bo‘ladi.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, ayni damda 2017 nafar fuqaro ushbu yordamni olish uchun murojaat qilgan va ulardan 1952 nafariga yordam ko‘rsatilgan.
Ushbu yordam tizimi Bandlik va Mehnat munosabatlari vazirligi hamda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan tashkil qilingan.