Deputatlar ikki vazirlik yangi rahbarlari nomzodlarini ma’qulladi

Abduqodir Toshqulov nomzodi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri, Sherzod Hidoyatov nomzodi esa uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri lavozimiga ma’qullandi.
Sputnik
TOShKENT, 14 yanv — Sputnik. Bugun, 14-yanvar kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.
Unda deputatlar oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri lavozimiga Abduqodir Toshqulov nomzodini ko‘rib chiqdi va ma’qulladi. U hozirga qadar Termiz davlat universiteti rektori hamda Senat a’zosi edi.
Shundan so‘ng deputatlar uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri lavozimiga  Sherzod Hidoyatov nomzodini ko‘rib chiqdi va ma’qulladi. Hidoyatov hozirga qadar qurilish vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Deputatlar tomonidan maqullangan nomzodlar prezidentning tegishli farmonidan keyin o‘z lavozimlariga tayinlanishadi.