Turkiyada uning do‘stlari uni Nasie xola deb chaqirishadi. U Parkinson kasalligidan davolanishdan bunday usuli haqida tasodifan bilib qolgan. Mana uch yildirki Nasie mashg‘ulotlarni kanda qilmay keladi va o‘zining tirishqoqligi bilan yoshlarga o‘rnak bo‘lmoqda.
“Men Parkinson bilan kasallanganimda dori-darmon yetarli emasligini ko‘rdim. Jismoniy mashqlar majburiy edi. Keyin men turli mashqlar haqida o‘ylab boshladim. YouTube᾽da AQSh 20-yildan va Niderlandiyada esa 10-yildan buyon Parkinson kasalligini davolash uchun boksdan foydalanishi hikoya qilingan bir necha videolarni ko‘rib qoldim ”, - deydi u.
Turkiyada joriy etilgan karantin Nasiyeni to‘xtata olmagan. U uy sharoitida ham boks bilan shug‘ullanishni davom ettirgan.
Hozir u mahalliy boks zalida shug‘ullanmoqda. Lavhalarda Nasie kuchli zarbalar berayogani va o‘zini tetik tuta olayotganini ko‘rish mumkin.