TOShKENT, 13 yanv - Sputnik. Bosh prokuratura matbuot-xizmati ijtimoiy tarmoqlarda Yozyovon tumanida o‘zini Katta Farg‘ona kanaliga tashlagan voyaga yetmagan Abdulaziz Abdurasulovni qidirilayotganligi haqida tarqalgan xabarlarga izoh berdi.
Ta’kidlanishicha, mazkur holat yuzasidan Yozyovon tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Dastlabki ma’lumotga ko‘ra, 2020-yil 22-dekabr kuni Yozyovon tumanida tug‘ilgan, 2-sonli kasb-hunar maktabi talabasi Abdulaziz Abdurasulov voyaga yetmagan tanishlarini oldida Katta Farg‘ona kanalining Yozyovon tumani Taraqqiyot mahalla hududidan o‘tgan qismiga o‘zini tashlab, suvdan qaytib chiqmagan.
Voyaga yetmagan Abdulaziz Abdurasulovni qidirib topish yuzasidan barcha zarur choralar ko‘rilmoqda.