TOShKENT, 12 yanv — Sputnik. Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko G‘arbning qator Belarus korxonalariga nisbatan qo‘llagan sanksiyalarini banditcha deb atadi va mos javob ishlab chiqishni topshirdi.
Sputnik Belarus agentligi xabariga ko‘ra, davlat rahbari Minskda bosh vazir o‘rinbosari Yuriy Nazarov va sanoat vaziri Potr Parxomchikning hisobotlarini tinglab, shunday topshiriq bergan.
“Yana bir mavzu – bir necha mahalliy korxonalarga qo‘llanilgan G‘arb sanksiyalari. Bu sanksiyalarni Aleksandr Lukashenko banditcha deb atadi va hukumat darajasida mos javob ishlab chiqishni topshirdi”, - deyilgan xabarda.
Belarusda 9-avgust kuni prezident saylovlari bo‘lib o‘tdi. Mamlakat Markaziy saylov komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, unda Aleksandr Lukashenko g‘olib bo‘lgan. O‘sha kundan boshlab respublikada norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tmoqda.
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari Belarusning qator yuqori amaldorlarini namoyish ishtiroklariga kuch qo‘llashda va saylov yakunlarini soxtalashtirganda ayblab, ularga nisbatan sanksiya kiritdi, jumladan, Lukashenkoning o‘zi ham sanksiya ro‘yxatiga tushgan. Bundan tashqari, yaqinda YeI hisob bo‘yicha uchinchi sanksiya ro‘yxati e’lon qildi. Unga 29 nafar jismoniy shaxs va 7 ta tashkilot kiritilgan. Hozirda ro‘yxatda 88 nafar jismoniy shaxs va 7 ta tashkilot bor. Shu bilan birga, YeI Belarusdagi vaziyat yaxshilanmasa, sanksiyalarni kengaytirishga tayyorligini ma’lum qilgan.