“Keyin afsuslanib yurmang”: IIV tiktokerlar va ularning ota-onalarini ogohlantirdi

IIV axborot xizmati rahbari so‘nggi vaqtlarda TikTok᾽da yoshlar o‘zlariga e’tibor jalb qilish maqsadida turli masxaraomuz, odob-axloq qoidalariga zid harakatlarni tasvirga olayotgani ko‘payganini ma’lum qilgan.
Sputnik
TOShKENT, 12 yanv — Sputnik. O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati rahbari Shohrux G‘iyosov TikTok ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari va ularning ota-onalariga murojaat qilib, ularni ogohlantirdi.
TikTokda "shumaxerlik" qilgan haydovchi jarimaga tortildi
“Oxirgi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarning TikTok platformasida fuqarolarimizni, ayniqsa, yoshlarimizni o‘zlariga e’tibor jalb qilish maqsadida turli masxaraomuz, odob-axloq qoidalariga zid harakatlari tasvirlangan videolarini ko‘plab kuzatapmiz. Hurmatli ota-onalar, farzandlaringizning tarbiyasiz va odobsiz qiliqlariga ko‘z yumsangiz, biz bunday axloqsizlikka yo‘l qo‘ymaymiz. Esingizda bo‘lsin, farzandingizga ham buni uqtiring”, - deydi Shohrux G‘iyosov.
U fuqarolarning osoyishtaligini, jamiyatda yurish-turish qoidalarini buzish mayda bezorilik hisoblanishi va 15 sutkagacha qamoq bilan jazolanishini eslatgan.
TikTok uchun videoga Qur’onni yirtgan o‘zbekistonlik qo‘lga olindi
“Ogohlantiramiz, farzandlaringizni nazorat qiling. Yoshligidan taltaytirib, keyin afsuslanib yurmang”, – deya so‘zlariga yakun yasadi G‘iyosov.
TikTok yulduzi sobiq eri tomonidan onlayn-efirda yoqib yuborildi