UFC 2020-yilning eng yodda qolarli janglarini ko‘rsatdi – video

O‘tgan yil koronavirus pandemiyasiga qaramasdan yorqin va yodda qolarli hodisalarga ham boy bo‘ldi. Sport ham bundan mustasno emas.
Sputnik
UFC matbuot xizmati “Jang orolida" kechgan eng yorqin janglar to‘plamini namoyish etdi. COVID-19 pandemiyasi vaqtida aynan o‘sha yerda barcha janglar o‘tkazilgan. Videoda Habib Nurmagomedov, Magomed Ankalayev, Israel Adesanya, Xoakin Bakli kabi mashhur jangchilarning g‘alabalari keltirilgan.