Namanganda gazga navbatda turgan “Damas” yonib ketdi

Navbatda turgan 21 yoshli haydovchi B.A. mashinasining yonib ketishiga dvigatel qismidagi elektr simlarining qisqa tutashuvi sabab bo‘lgan.
Sputnik
TOShKENT, 11 yanv — Sputnik. Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanida gazga navbatda turgan “Damas” yonib ketdi.
IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi (YHXBB) xabariga ko‘ra, hodisa 11-yanvar kuni soat taxminan 7:50 da “Kumidon” mahallasi hududida joylashgan “Afsona-4” avtomobillarga gaz quyish shoxobchasida yuz bergan.
Ma’lum qilinishicha, navbatda turgan 21 yoshli haydovchi  B.A. mashinasining yonib ketishiga dvigatel qismidagi elektr simlarining qisqa tutashuvi sabab bo‘lgan.
Yong‘in natijasida tan jarohati olganlar yo‘q va yong‘in bartaraf etilgan.
Hodisa yuzasidan To‘raqo‘rg‘on tumani IIB YHXB va FVB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.