TOShKENT, 11 yanv - Sputnik. Davlat Statistika qo‘mitasi 2020-yil davomida narxi eng ko‘p oshgan oziq-ovqat mahsulotlar borasida ma’lumotlarni e’lon qildi.
Narxlari eng ko‘p oshgan mahsulotlar ro‘yxatidan birinchi navbatda dukkaklilar o‘rin olgan. Xususan, grechka (+52,7%), loviya (+36,2%), no‘xat (+27,6%), mosh (+25,6%), bug‘doy uni (+14,8%), guruch – 13,8 %.
Shuningdek, aholi tomonidan eng ko‘p iste’mol qilinadigan mahsulotlar - mol go‘shti (+ 21%), qo‘y go‘shti (+25%), baliq (+13,5%) va tovuq go‘shti (+3,9%) narxlari ham sezilarli darajada oshgan.
Eslatib o‘tamiz, 2019-yil yakunida narxi eng ko‘p oshgan oziq-ovqat mahsuloti mosh, bug‘doy uni va mol go‘shti bo‘lgan edi. Yil yakunida mosh (+35%) va bug‘doy uni narxi (+32%) hamda mol go‘shti (+26%)ga qimmatlagan edi.