TOShKENT, 10 yanv - Sputnik. O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga chalinganlar soni soni 77 572 nafarga yetdi, deb xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.
Yangi kasallanish holatlari Qoraqalpog‘iston Respublikasida va O‘zbekistonning sakkizta hududida aniqlangan.
Shu bilan birga, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 617 nafarga yetdi.
Kasallikdan sog‘ayganlar jami 76 014 nafarga yetgan va sog‘ayish ko‘rsatkichi 98 foizni tashkil qilmoqda.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 941 nafar bemordan 157 nafari og‘ir, 31 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 2021-yilning 10 yanvarida dunyoda koronavirus infeksiyasiga chalinganlar soni 90 milliondan, Covid-19 qurbonlari soni 1,9 mln kishidan oshgan.